21 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'ylovlari sabza urgan rassom yigit.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi Oy porlagan oqshomlar (qissa) 1 bob Kuzgi dala Xolbo'ri 20 yoshlardagi o'rta bo'yli, sochlari qora, ammo ko'z qorachiqlari yashil, qirg'iyburun, qalin lablari ustida mo'ylovlari sabza urgan rassom yigit.Garchand rassomchilik o'quv yurtlarini tamomlamagan esada, u oliygoxni xatm qilgan tajribali rassomlardan sira kam emas.Xolbo'ri moybo'yoqda ham, akvarelьda ham birday, ranglarni kir qilmay, tabiat manzaralarini qoyillatib ishlar, bironta go'zal etyud yaratish ishqida kun bo'yi jiydalar, yulg'unlar o'sib yotgan daryo sohilida, shamollarda sharsharaday shovullaguvchi tolzorlarda, kakkular oh chekayotgan dalalar etagida xuddi o'lja izlagan ovchi kabi etyudnigini yelkasiga osganicha daydib yuradi.Ba'zan, tong saharda uyg'onib, sohil tamon yo'l olarkan, shudringli bedazor so'qmoqlari aro g'ira - shira so'lim subhi sodiq sukunatida biri qo'yib, biri sayrayotgan bedanalar ovoziga quloq tutganicha: - ex bedanalar, muzdek shudringlarni ichib, tomoqni shamollatib qo'yibsizlarku.Qaranglar, tinmay yo'talyapsizlar -deya o'ylaydi va o'zicha jilmayib qo'yadi.Sohilga yetgach, yoyilib oqayotgan Qoradaryoning ko'zgu kabi yaltiragan teran va sokin suvlariga termulganicha, odamlar hali dong qotib uxlayotgan, mashinalar va qushlar shovqini tingan toza havoli sukunatda asablarini sozlaydi, shu holatda baland jarliklar uzra tik turib, tongni qarshi oladi.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 46%.

21 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'zlab bering.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

3 bob Iskanaqul Karkidonov "Qovunkapa" shirkat xo'jaligining raisi Iskanaqul Karkidonovlar uyida maishiy janjal.Karkidonovning xotini Bibisuvaydo iyak - chakagi tinmay eriga tanbex berar, idishlarni otib, sindirib, yig'lar, har zamonda to'xtab, oliynav hushbo'y tamakidan qadoqlangan qimmatbaho sigaretani bosib bosib chekardi. -E, xudo!Men sendan shunaqa er ber deb tilovmidim?!Bu svoloch ermas, lattaku nastoyashiy!Voy peshonam qursin mening!Nima emish, xushidan ketgan Stalinni do'xtirlar gilamdan olib, karovotga yotqizishsa, patinkalarining tagi teshilib yotganmish!Shunday ulkan mamlakatning rahbari bir juft yangi patinka sotib olmay, ikki qator usti boshi bilan, pul mol jamg'armay, xalq mulkiga xiyonat qilmay, oddiy odamday g'aribona yashab, olamdan o'tib ketgan emish! O'tsa, o'tar, Stalin bilan sening nima ishing bor! Halol rahbar bo'lgan emishlar!Shuncha halol xizmat qilgani bilan unga rahmat deyishyaptimi? Qotil, qonxo'r, zolim deyishyaptiku! Bu odamlar yaxshilikni biladimi? Undan ko'ra qo'sha - qo'sha ko'shki ayvonlar qurib, shohona yashab qolish kerak!Besh kunlik dunyo g'uvvida o'tadi ketadi! Amal mansabni bog'lab qo'ygan emas! Bu, xaygi nima desamakan, insonga anov qilinadigan, beriladigan bir imkoniyat, shans! Qaydan ham shu uyni yevroremont qildiraylik deb qo'yibmana!E bir soat halollik haqida ma'ruza qilsaya, Xudoyo tovba!Odamga amal bergani bilan aql -farosat bermasa qiyin ekanda!Bilaman, bu uyda mening sariq chaqachalik qadrim yo'q!Aslidaku bu boyvachchani men odam qilganman.Kazo kazo tanish bilishlarimni ishga solib, ularga nozu karashmalar qilib, xilvatlarda tong otguncha yolg'izliklarini bezab, restoranlarda ziyofatlar uyushtirib, Dubayma Dubay kezib, boylar eshigida qo'llarim kosov, sochim supurgi bo'lib, kovushim to'zg'ib, yelib yugirganlarimni bu nonko'r bilarmidi? Meni yoshlikdagi chiroy chimmatim, qaddi qomatim sabab, avval birgat, keyin hosilot bo'ldi.Mana endi rayislar!Men bo'lmasam, yuruvding paytavangni sudrab, chorig'ingni it tortib! Endi odam bo'lib qoldingmi, so'tak?!Eshakning kuchi halol, o'zi xarom deganlari shu bo'lsa kerakda! Eshagi loydan o'tdida bu boyvachchaning! Yoshligimda, qaddi qomatim kelishgan paytlar Bibisuvaydo, Bibisuvaydo edim!Endi shira sharbatim qochib, gulday so'lganimda, bitta yarimta suv ichsa tomog'idan, sabzi yesa biqinidan ko'rinadigan skitarka o'ynashiga uylanmoqchi bu uying kuygur nomard!Meni bilmasang, iloyo ilovando ko

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 56%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'rining pinjiga kirib.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

-Nuuuu, Karkidonich, uyat bo'ladiya.Usta qarab turibdi -dedi Bibisuvaydo, erining quchog'idan sirg'alib chiqib. Shundan keyin Iskanaqul Karkidonov Xolbo'ri bilan xayrlashib, xonadan chiqdi. Lazzatli nonushtadan so'ng Xolbo'ri eski tuski korjomalarini kiyib, ishga kirishmoqchi edi, Bibisuvaydo unga kechagi vadasini eslatdi. -E, ishonsangiz, bu damlarni orziqib kutib, kechasi tuzik quruq uxlaganim ham yo'q, aylanay rassom uka.Qanday o'tirsam portretim chiroyliroq chiqarkin deb oynaga qarab, rosa mashq qildim - dedi Bibisuvaydo.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 60%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 Bu gaplarni eshitib, Bibisuvaydo handon otib kuldi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

7 bob Hayrlashuv gulxani Ko'p o'tmay, "Qovunkapa" shirkat xo'jaligining raisi Iskanaqul Karkidonov sudda yutib chiqdi va yengiltabiat xotini Bibisuvaydodan rasman ajrashib, o'z kotibasiga uylanib oldi. Xolbo'ri avvaliga Bibisuvaydo tanishlarini va bexisob boyliklarini ishga solib, inkor qilib bo'lmas dalilu isbotlarga qaramay, sudda yutadi va rais Iskanaqul Karkidonovning o'zini qamatib yuboradi deb o'ylab yurgandi.Keyin ma'lum bo'lishicha, Bibisuvaydoning boyligi ham, qudratli tanish bilishlari ham yo'q ekan.Uchastka Noziri leytenant Qog'ozqop Qorboboyev sudda prokuror va advokatning savollariga javob berar ekan: "Hurmatli sud hay'ati!Bibisuvaydo xonimning mening to'g'rimda aytgan gaplari qip -qizil tuxmat!Aksincha u meni yo'ldan urmoqchi bo'lganda, men xuquq tartibot organi xodimi ekanligimni, oilam, sevikli xotinim va farzandlarim borligini, bunday jirkanch axloqsizlik bilan shug'illanmasligimni aytganman.Shundan keyin bu yengiltabiat ayol shantaj yo'liga o'tib, shu tariqa mendan o'ch olmoqchi bo'lgan" deya barcha ayblovlarni inkor qildi va suvdan quruq chiqdi.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 147, для младшеклассников. Диалогов: 55%.

21 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 Mayli unda, Iltijo, hayr.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

Bibisuvaydo -G'ishtxon, sen mening qiyomatli opamsan. Xudo hoxlasa, sen bilan do'zaxda birga yonamiz -dedi Bibisuvaydo, qiyqirib kulib.So'ng, jiddiylashib, davom etdi: -Bilsang, bizga tabiat tamonidan berilingan bu chiroy chimmat g'animat. Chiroy ayol kishiga yarim rizq, tengsiz qurol!Bu ne'matdan foydalanib qolmog'imiz kerak, opajon. To'g'ri, sening bo'yning uzun, qizilkurkabetsan. Buning ustiga gezargan lablaring orasidan ostki tishlaring buldog itning tishlari kabi ko'rinib turadi.Boshing ham g'ozning boshiga o'xshaydi.Lekin sening qomating borku, qomating!Ko'kraklaring niq, keting ham katta.Eh, sen umrning shiddat bilan o'tishiga bir qara!Bir qaragin!Bu ketishda xash pash deguncha yuzlarimiz ajinlardan turshakday tirishib, bujmayib, sarvday qomatimiz yalmog'iz kampirning qomati kabi bukchayib qoladiku.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 190, для младшеклассников. Диалогов: 47%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'lmasa, qizilkurkabet!..

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

-Voy, rahmat, opajon! -dedi Bibisuvaydo, Iltijoning onasi uzatgan vizitkani olarkan, sevinib. 11 bob To'fon Qor yog'moqda. Goh qiyalab, goho chirpirab, goho to'zg'ib, sassiz - sadosiz, jimgina yog'ayotir u. Xolbo'ri oppoq qor uchqunlari aro xuddi son - sanoqsiz meteoritlar ichra yo'rtib borayotganday. U shunday ketib bormoqda. Shunchaki, maqsadsiz, yolg'iz bir o'zi tentirab,qor qoplagan qishloq yo'lidan tundraday oqarib yotgan dala tamon bormoqda. Bo'ralab yog'ayotgan qorda botiniy xotirjamlik,ibtidoiy yolg'izlik, mangu va mahzun, adoqsiz bir qo'shiq borday, qor yorug'idan Xolbo'rining qalb zulmatlari oydinlashayotganday, tongi g'ira shira, subhi sodiq kabi yorishayotganday tuyulardi go'yo.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 49%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'zgarish yuz berar deya umid qilardi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

Keyin bir sidra shoir bo'lishga ham urinib ko'rdim.Chunki o'sha paytlari sinfdoshim -hozirgi xotinim Kapolotxonni sevib qolgan edimda.Bir kuni unga she'riy maktub yozib, dugonasi Sapolatxondan: -shu ishq -muhabbat ruhida yozilgan maktubimni dugonangiz Kapolatxonga berib qo'ysangiz degan ma'noda iltimos qildim. Buni qarangki, Kapolatxonning dugonasi Sapolatxon ham meni telbalarcha sevarkanmi, yo dugonasiga xasadi kelganmi, hullas men yozgan xatni yirtib tashlab, o'rniga o'zi bir misra she'r yozib, Kapolatxonga beribdi.Men o'sha kech shirin hayollar og'ushida deyarli tongacha mijja qoqmay chiqdim.Nuqul, maktubimni oh chekib, oydinda yig'lab, qayta qayta o'qiyotgan, uni goh o'pib, goh ko'zlariga surtayotgan Kapolatxonni uzuliksiz o'ylayverdim.Tushimda maktabga borgan emishmanu, yonimda o'tirgan Kapolatxon domla doskaga bir narsalarni yozayotgan mahal sekingina menga javob xatini uzatgan emish.Xatni o'qisam, u: -G'oyibxo'ja aka, men ham sizni sevaman, sizsiz yasholmayman, jonim!Hurmat bilan, sizning ishqingizda telbalanib qolgan sevgilingiz Kapolatxon -deb yozib qo'yibdilar.Shu mahal uyg'ondimu hosiyatli tushdan quvonib, chala pucha nonushta qilganimcha, ochilib, kitob daftarim sochilib ketmasligi uchun dasta -tutqichi yo'q popkamni maxkam qo'ltiqlab, maktabga qarab chopdim.Maktabga borsam, Kapolatxon sevgilimning avzoyi buzuq.U kela solib, yig'lab, maktubni g'ijimlab yuzimga otarkan, yuzimga shapaloq tortib yubordi.Men turgan joyimda haykalday qotib qoldim.Keyin yerda yotgan maktubni olib, o'qisam, ichida butunlay boshqa yozuv.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 33%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'azab bilan, "Meduza" galaktikasidan kelgan yovuz gumanoidlar eskadrilyasi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

-Qani, opajon, bir duo qiling.Biz endi boraylik.Iloyo boshlayotgan biznesimiz gullab yashnasin-dedi u. -Ha, o'tiruvdinglarda.Palovxonto'rani ham yemay ketasizlarmi?-dedi Soddagul zorlanib. -Baribir bitta oshga qarzsiz, opa.Boshqa kelamiz, Xudo hoxlasa, qani... -dedi Bibisuvaydo, Soddagulni duoga qistab. Soddagul duo qilgach, ular hayrlasharkanlar, Bibisuvaydo bilan G'ishtxon ko'chaga chiqishdi. -G'isht, xariplarni avrab pulini olishni mendan o'rgan.Endi bironta restoranga kirib, bu o'ljani yuvmasak bo'lmaydi.Tomoq o'lgur qaqrab ketdiyu.Quling o'rgilsin Napoleon konьyagidan yuz, ikki yuz tashlamasak bo'lmaydi -dedi yo'l yo'lakay Bibisuvaydo.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 50%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'ri bu gaplardan xandon otib kuldi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

-Dadasi, bijuteriy taqinchoqlarimni ko'rmadingizmi?Ularni sizning suratingiz tushirilgan chinni vazaga solib qo'ygandim.Vazani ulfatlaringizga ko'rsatganingizda, taqinchoqlarni biron yoqqa olib qo'ymovdingizmi mabodo? -dedi Soddagul. -Yo'q, men vazaga qo'limni ham tekizmadim -dedi Qilichbek Qoplonovich, gazetaga termulganicha, nonushta qilib. -Tovba, kim oldiykina?Aytganday, dadasi, kecha qishloqdan bir tanishim, Bibisuvaydo degan tadbirkor ayol dugonasi bilan keluvdi.Haligi qovunkapalik rassom yigitning tag - tugini surishtirgani borganimda u yigitning yaxshi odam emasligini aytgan ayol bor ediyu.O'sha ayol kelgandi. U dugonasi bilan birga qishloq ayollarini ish bilan ta'minlaydigan kasanachilik kichik korxonasini ochmoqchi ekan.Ishni yuritib olgach, pulni foyizsiz, qaytarish sharti bilan savob umidida va bir paytlar menga qilgan yaxshiligini qaytaray deb, uydagi bor pullarni qirishtirib o'sha ayollarga yordam tariqasida berib yubordim.Ulardan biri taxorat vojib bo'lib qoldi deya xojatxonaga kirib chiquvdi.Nahotki o'sha ayol... E, yo'g'e, taxorat oladigan imon e'tiqodli ayol shunaqa ishga qo'l uradimi?Bo'lib ham tadbirkor, qolaversa didli ayol bijuteriy bilan haqiqiy tilla va olmoslarni sal bo'lsa ham farqiga boradi -dedi Soddagul.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 61%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'ri aytishibdi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

18 bob Nortojining portreti Nortoji xovlini supurib sidirib yurgandi, qog'ozdan yasalgan samolyotcha aylanib uchib uning yoniga kelib tushdi.Qo'shni bolakaylar qog'oz qirg'iy qilib uchirib o'ynayapti shekilli deya o'ylarkan, Nortoji uni supurib, axlatga qo'shib, xandakka uloqtirmoqchi edi, qog'oz samolyotning qanotidagi yozuvga ko'zi tushdi.Keyin nima yozilgan ekan deya uni qo'liga olib, yozuvni o'qidi.Qog'oz samolyot qanotiga sharikli ruchkada:

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 192, для младшеклассников. Диалогов: 43%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'qmoqdan qiyalab, sohilga, daryo delьtasiga tushib bordilar.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

-Nortoji -dedi u nihoyat va davom etdi: - menga to'g'risinii aytingchi, avvallari siz hech qarmoqda baliq ovlaganmisiz? -dedi Xolbo'ri, hamon bir maromda eshkak esharkan, Nortojiga ko'z qiri bilan qarab. -Yo'q desam balki yolg'on bo'lar.Baliq ovlaganmiz.Ammo qo'l bilan.Bunga ham ancha yillar bo'ldi.Har yili bahor payti dadam, ayam va men sohildagi o'zimizga ajratilgan 25 sotixli sholipoyamizni sholi tupchiklaridan tozlab, pollarga suv qamardik.O'zingiz yaxshi bilasiz, suvsiz polga sholi urug'ini sochsangiz, ularni chumchuqlar galasi shu ondayoq yeb bitirishadi.Sholi urug'i suv ostida yotsa, yerga oson ildiz otadi va ularni qushlar yeyolmaydi.Hullas, o'sha yili bahor seryog'in kelib, daryoda suv ko'tarilishi oqibatida kuchli talotum sepoyalarni yuvib ketib, sholipoyalar suv ostida qoldi.Suv qaytgach, sholipoyamizga borsak, suvlari ko'zguday yaltiragan sholipoya pollarida katta -katta baliqlar qirini suvdan chiqarib, potrab suzib yurishgan ekan.O'shanda dadam, ayam va men uchchalamiz:- Iyi, ana, ana! Ketdi!Ushla! -deya baqirib -chaqirib, tipirchilayotgan baliqlarni qo'l bilan tutganmiz.Bir mahal, yarim qop baliq ushladik deb sevinib tursak, dadam shatra shutr suv kechib, yugirib, hayajondan baqirib, o'zini suvga otib, ming mashaqqatlar bilan urinib, surinib, loylarga belanib yurib, naq bir metr keladigan sazan baliqni ushlab olganlari hech ko'z oldimdan ketmaydi.Baliqni ushlaguncha dadajonimning usti boshi, yuzlari balchiqqa belanib ketgan.Biz ayam ikkimiz qopdagi baliqlarni, dadam esa haligi bir metrli sazanning oyqulog'idan ushlab, ko'targanlaricha yelkalariga ortib, namoishkorona qishloqqa qaytganlar.Baliq jonvorning tangalari katta -katta bo'lib, suzgichlari, dumlari qip qizarib ketgan edi.Dadam u baliqni bolta bilan yorganlarda o'ziyam.Ishonsangiz, ichidan bir kilocha qizil uvildiriq chiqqan.Rosa baliqxo'rlik qiluvdik o'shanda -dedi Nortoji, totli hotiralarni yod etganicha, mahzun jilmayib qo'yarkan.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 42%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'ylanib qoldi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

U bizni tabriklarkan, jumladan shunday dedi: Do'stim, Kozimjon va kursdoshim Latipaxon!Men sizlarni katta hayotga qadam qo'yayotganlaring bilan chin yurakdan tabriklayman.Sizlarga uzoq umr, oilaviy baxt tilayman...Do'stim, sen dunyodagi eng baxtli odam ekansan.Senga xavasim kelyapti.Shunday go'zallikda tengi yo'q, qalbi cho'qqilar qori kabi beg'ubor, hayoli va iboli qizga uylanmoqdasan... -dedi u. So'ng, kutilmaganda achchiq oh tortib, yelkalarini silkitganicha yig'lab yubordi.Buni ko'rib, men o'rnimdan turib ketdim.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 187, для младшеклассников. Диалогов: 47%.

20 k

2020-11-02
upd 2022-08-10

Читать главу

 'z olib, mikrafonga gapira boshladi.

Писатель: Холдербай Усманович

Входит в цикл: “Повесть”

Глава в томе: Oy porlagan oqshomlar (Povest). O'zbek tilida. Lotin imlosida

Случайный абзац

Dunyo xalqlari planetamizda mavjud barcha yer ostki va ustki ma'danlarni talashmay o'rtada baham ko'radigan bo'ladi va moddiy manfaatlar hamda geopolitik maqsadlar yo'lidagi qonli urushlar o'z o'zidan to'xtaydi, yo'qoladi. Terrorizm, urush, vayronagarchiliklar barham topadi, millionlab odamlar bola -chaqasi bilan qochqinlarga aylanmaydi.Begunox insonlarning, bolalarning qoni to'kilmaydi. Yadroviy qurollarga, armiyaga, razvedkalarga, turli xarbiy amaliyotlarga, sarf qilinadigan milliardlar, trillyardlar obodonchilikka, xalq farovonligini oshirishga, infrastrukturani yaxshilashga, meditsinaga, ilmu fanga sarf qilinadi.

Координаты: 0 год; 0 кубика адреналина. Индекс удобочитаемости Флеша — 207, для младшеклассников. Диалогов: 37%.

Дальше